25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Xavfsizlik
23 Aprel  2019 785

Yana bir ona o‘z farzandini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, “Jarariq” mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan X.U. 2019-yil 17-mart kuni tug‘ilgan o‘g‘lini, o‘z jigarbandini sotmoqchi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Kecha, 22-aprel kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida X.U. o‘z o‘g‘lini fuqaro N.N. ismli ayolga 4 mln. so‘mga sotib, kelishilgan pulning 1 mln. so‘mini “Xo‘jaguzar” mahallasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech