26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Xavfsizlik
2 May  2019 616

O‘qishga pul bilan kiritib qo‘yuvchi shaxs 4 ming AQSh dollari bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib 4000 AQSh dollari olayotgan firibgar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda bosh prokuratura matbuot xizmati.

Gap shundaki, fuqaro E.T. fuqaro S.E.ning jiyanini tanishlari orqali Termiz davlat universitetining Iqtisod fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan E.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, qonunchilikka ko‘ra, pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, ammo bunday jinoyatlar haqida qonunda belgilangan (30 kun) muddat ichida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shu sababli, Siz yuqoridagi kabi turli noqonuniy yo‘llar bilan o‘qishga kiritishga va'da berib, ta'magirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor shaxslarga duch kelsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tunu-kun ishlovchi ishonch telefonlariga murojaat etishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech