13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,4 °C

Sport
14 Oktyabr  2019 1715

Yana bir sportchimiz Tokio-2020 olimpiadasida ishtirok etadi

Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ham sportchilar ishtirok etdi.

Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan hamyurtimiz Svetlana Radzivil 1.96 metr balandlikni zabt etib, oltin medal qatori Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Ushbu yo‘nalishda Tokio Olimpiadasining normativi aynan 1.96 metrni tashkil etardi. Ushbu yo‘nalishda Nadiya Dusanova 1.85 metr bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shu tariqa Svetlana Radzivil faoliyatida to‘rtinchi bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda. Radzivil bungacha Pekin (2008), London (2012) va Rio (2016) Olimpiadalarida ham ishtirok etgan edi. Eslatib o‘tamiz, bu terma jamoamizning Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan o‘n birinchi yo‘llanmasidir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech