17 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Sport
4 Yanvar  2020 1092

Yana bir sportchimiz Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Butunjahon taekvondo federatsiyasi (WT) Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi yakuniy reyting jadvalini e'lon qildi, deb xabar qiladi MOQ matbuot xizmati.

Quvonarlisi, terma jamoamiz vakili Nikita Rafalovichning nomi -80 kilogramm vazn toifasida reyting orqali Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan taekvondochilar qatorida keltirib o‘tildi.

Hamyurtimiz -80 kilogramm vazn toifasida yakuniy jadvalning to‘rtinchi pog‘onasini egallagan. Rafalovich 2 yil davomida o‘tgan bahslar mobaynida 306.89 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Taekvondo bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olgan sportchilarning reyting jadvali:

-80 kg. vazn toifasi:

1. Maksim Xramsov (Rossiya) – 558.95
2. Milad Beigi (Ozarbayjon) – 445.22
3. Chek Sisse (Kot d`Ivuar) – 355.57
4. Nikita Rafalovich (O‘zbekiston) – 306.89
5. Raul Garsiya (Ispaniya) – 286.06
6. Toni Kanaet (Xorvatiya) – 283.69

Mazkur yo‘llanma terma jamoamizning Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan o‘n beshinchi litsenziyasi bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, Osiyo qit'asida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi yakuniy litsenzion musobaqa 10-11-aprel kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada taekvondochilarimiz yana 3 ta Olimpiada litsenziyasi uchun kurash olib borishadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech