07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

IT-xabarlar
19 Avgust  2019 666

Yandex o‘zbek tilida yangiliklar bera boshlaydi

Yangiliklarda o‘zbek tilida chop etilgan ommaviy axborot vositalaridagi ma'lumotlarni jamlash va ko‘rsatish rejalashtirmoqda. Mahalliy nashrlar uchun bu yangi auditoriyani jalb qilishga yordam beradi va foydalanuvchilar yangiliklarni qaysi tilda o‘qishni tanlashlari mumkin bo‘ladi.

«Odamlar voqea-hodisalar haqida to‘liq va xolis ma'lumotga ega bo‘lishi lozim, shu bois barcha yangiliklarni rus hamda o‘zbek tilida ko‘rsatishni istaymiz. Ko‘pgina mahalliy nashrlar bizga rus tilidagi maqolalarni taqdim etmoqda. Biz ommaviy axborot vositalari o‘zbek tilida nashr etilgan materiallar bilan ham o‘rtoqlashishlariga umid qilib qolamiz. Shunda foydalanuvchilarimiz barcha yangiliklardan boxabar bo‘lishadi», deydi Yandexning O‘zbekistondagi mintaqaviy direktori Yevgeniy Lukyanchikov.

Hozirda Yandex.Novosti O‘zbekistonda faqat rus tilida ishlamoqda. Xizmat hamkorlarning xabarlarini qabul qilib, kun yangiliklari manzarasini shakllantiradi: muhim ahamiyatga egalarini ajratadi va  yangiliklarni ruknlar bo‘yicha taqsimlaydi. Bir xil hodisalar haqidagi xabarlar syujetlarga birlashtiriladi. Syujetlar aks etgan sahifada nimalar sodir bo‘lganini o‘qish, fotosuratlar va videolarni tomosha qilish va bu haqda qaysi ommaviy axborot vositalari yozganini bilib olish mumkin. Shu bilan birga, xizmat nashrlarning maqolalarini nashr etmaydi, faqat parchalar va sarlavhalardan foydalanadi. Maqolani o‘qish uchun OAV saytiga o‘tish mumkin.

O‘zbekiston va dunyoda sodir bo‘layotgan eng muhim voqea-hodisalar yandex.uz da o‘z aksini topadi. Bu ham inson aralashuvisiz sodir bo‘ladi. Asosiy yangiliklarni tanlashda xizmat turli omillarni, jumladan, voqea haqidagi materiallar sonini va ommaviy axborot vositasining nufuzini ham hisobga oladi. Xizmat o‘zbek tilidagi yangiliklar bilan ham xuddi shu tarzda ishlaydi.

Rus yoki o‘zbek tilida (lotin tilida) eksklyuziv materiallarni nashr etadigan har qanday nashr xizmatning hamkoriga aylanishi mumkin. Buning uchun info@news.yandex.ru ga so‘rov yuborish kifoya. Xizmat jamoasi esa ulanish bo‘yicha zaruriy ma'lumotlarni yuboradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech