16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,2 °C

IT-xabarlar
29 Mart  2019 3846

Yandex O‘zbekiston uchun qidiruvni yo‘lga qo‘ydi

Bugun Yandex  aynan O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan, qidiruvni yo‘lga qo‘ydi. Endi mamlakat aholisi ma'lumot, video va rasmlarni ham butun internet, ham faqatgina Tas-ix tarmog‘i bo‘yicha izlashlari mumkin.

Qidiruv jarayonida Yandex bir talay omillarni inobatga oladi: so‘rov bo‘yicha hujjatning tarkiban to‘g‘ri kelishi, manbaning sifati, sahifalarning yuklanish tezligi, foydalanuvchilarning shaxsiy afzalliklari va hokazo.

Mamlakatimizda Tas-ix ga ulangan saytlar juda ko‘p, ular tez yuklanadi va trafikni tejashga imkon beradi. Shu bois Yandex O‘zbekiston aholisi uchun faqatgina Tas-ix saytlari bo‘yicha qidiruvni yaratdi. Butun internet bo‘yicha qidiruv natijalarida esa, ushbu saytlarni maxsus belgilar bilan belgilashni boshladi. Umumiy hisobda Yandex ikki yarim mingdan ortiq Tas-ix saytlarini biladi.

Mahalliy qidiruvni yaratish uchun ma’lumotlar va auditoriya talabini bilish kerak bo‘ladi. O‘zbekistonda tashkilotlar qidiruvi ayniqsa mashhur. Shuning uchun Yandex qidiruvga o‘n ming mahalliy kompaniyalar haqida ma'lumot joyladi. Masalan, yaqin oradagi qahvaxonani qidirib, ularga berilgan baho, fikrlar bilan xaritadagi joylashuvi va ish vaqtini ko‘rish mumkin. Yoki Yandexdan qayerga borishni so‘rash mumkin va ushbu mavzu bo‘yicha O‘zbekiston foydalanuvchilari orasidagi mashhur materiallarni ko‘rish mumkin.

Odamlar qidiruvni tezda kirita olishlari uchun, ularga qidiruv yordamlari taklif etiladi.

Muzaffar Abdullaev olgan surat.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech