27 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Turizm
16 Dekabr  2019 2007

Yandex. Xaritalarda O‘zbekiston manzaralari paydo bo‘ldi

13-dekabrdan Yandex xaritalariga O‘zbekiston manzaralarining yangi ko‘rinishi joylashtirildi, deb xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Maxsus uskuna vositasida Toshkent, Buxoro, Nukus, Samarqand, Xiva va Shahrisabz ko‘chalari va diqqatga sazovor joylari, shuningdek, Ustyurt platosi, Orol bo‘yidagi tuzli botqoq va Amudaryo sohilidagi qadimiy aholi punktlarini tasvirga olindi. Endilikda ushbu manzaralar bilan Yandex xaritalarida tanishish mumkin.

Tasvirlar mahalliy aholiga notanish hududga sayohatni rejalashtirishda, turistlarga esa sayohatga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi. Suratlar vositasida  transport harakati uchun noqulay manzilgohlarni aniqlash, diqqatga sazovor joylarning qanday ko‘rinishini oldindan bilib olish mumkin. Masalan, Samarqanddagi Go‘r-Amir maqbarasi, Buxorodagi Ark qal'asi yoki Qadimiy Xivadagi karvon-saroylarni avval ko‘rmagan kishi xaritadagi tasvirlar orqali birlamchi tushunchaga ega bo‘ladi.

"Biz tasvirga olish ishlarini oktyabr oyining o‘rtalaridan noyabr oyining boshlariga qadar amalga oshirdik. Bu vaqtda jazirama issiq ham bo‘lmaydi, yorug‘lik ham kuzga xos yumshoq bo‘ldi", – deydi Yandexning O‘zbekiston bo‘yicha mintaqaviy direktori yevgeniy Lukyanchikov. – Suratga olish jarayoniga oldindan jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi. O‘zbekiston qadimiy obidalar va betakror tabiiy landshaftlarga boydir va biz tasvirlarda iloji boricha ko‘proq diqqatga sazovor joylarning qamrab olinishini xohlardik. Marshrutni tuzish va sayohatni tashkillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turizm davlat qo‘mitasi yordam berishdi. Ularga bu yo‘nalishdagi hamkorlik uchun minnatdorlik dildiramiz.

"Yandex xaritalari – O‘zbekiston shaharlarining ko‘cha panoramalarini namoyish etgan eng yirik geografik axborot xizmatlaridan biri", – dedi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Ibrohim Barnoev. – Suratlarda mamlakatning diqqatga sazovor joylarini, jumladan, YuNeSKOning Jahon merosi ro‘yxatidagi ob'ektlarini ko‘rish mumkin. Ichan Qal'a, Shahrisabzning tarixiy markazi. Dunyoning istalgan burchagidan ko‘ra olish mumkin bo‘lgan bu tasvirlar O‘zbekistonga sayohat qilishni rejalashtirganlar uchun katta yordam beradi." 

Yandex suratga olish guruhi O‘zbekistonga safari davomida deyarli 295 ming fotosurat oldi, ulardan esa 73 mingdan ortiq panoramalar hosil bo‘ldi. Suratga olishning umumiy masofasi ikki ming kilometrdan oshadi. Avtomobilda harakatlanishning iloji bo‘lmagan joylarda operatorlar kamerani shtativga o‘rnatib, piyoda yurishdi. Shu tarzda, misol uchun, Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi va Toshkent shahridagi "Tashkent city" bog‘i suratga olindi.

Yandex xaritalarida hozirgacha Rossiya, Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ukraina va Turkiyaning to‘rt milliondan ortiq panoramalari nashr qilingan. Bu shaharlar hamda atrof tabiiy muhitdagi diqqatga sazovor joylardir. Baykal ko‘li, Kareliya sharsharalari, Kavkaz tog‘lari, Arktika orollari va hatto sayyoraning eng baland cho‘qqisi - Everest. Panoramalarni yandex.ru/maps va Yandex. Xaritalar ilovasida ko‘rish mumkin. Sayt egalari API xaritalardan foydalanib, har qanday panoramani o‘zlariga yuklab olishlari mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech