20 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Mamlakatimizda
4 Mart  2019 747

Yangi nizomga ko‘ra sport inshootlarini qurish va foydalanish uchun yer bepul beriladi

Hukumat qarori (184-son, 01.03.2019 y.) bilan Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

 

Nizomga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • nodavlat sport inshootlarini qurish va foydalanish uchun yerni bepul berish (30 yilga);
  • davlat sport inshootlarining foydalanilmayotgan qismini bepul foydalanish uchun xususiy sheriklarga o‘tkazish (30 yilga);
  • mavjud davlat sport inshootlarini qayta qurish va jihozlash (30 yilga);
  • keyinchalik beg‘araz yordam ko‘rsatish sharti bilan sport inshootlarini qurish uchun yerni bepul berish (20 yil va undan ortiq davrga);
  • konsessiya asosida qurish, qayta qurish va jihozlash uchun yer yoki bino ajratish;
  • xususiy sport inshootlarini moddiy-texnik va moliyaviy ta'minlash.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish bo‘yicha 5 kishilik tanlovlarni o‘tkazish komissiyasi tuziladi.

Tanlov boshlanishidan 30 kun oldin Internet tarmog‘ida va rasmiy saytlarda bu haqda e'lon beriladi.

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lganlar komissiyaga ariza beradi.

Ariza 10 kunda komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Kamida ikki ishtirokchidan tanlovda ishtirok etish uchun arizalar kelib tushganda, tanlov o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech