25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Mamlakatimizda
11 May  2020 309

Yangi Qonun bilan «propiska» boʻyicha muhim yangiliklar kiritilmoqda

Senatorlar toʻrtinchi yalpi majlisda “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqdi.

Mazkur Qonunda tizimni isloh qilishga qaratilgan yangiliklar nazarda tutilmoqda. Xususan, “doimiy propiska” soʻzlari “yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish” soʻzlariga almashtirilmoqda. Bundan tashqari, fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida boʻlgan boshqa manzildagi uy-joy maydoniga ham doimiy roʻyxatga turish imkoniyati yaratilmoqda.

Yana bir jihat, Oliy Majlis palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar hamda davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar, shuningdek, ularning oila aʼzolari belgilangan tartibda doimiy propiska qilingandan soʻng, ular boshqa ishga oʻtishi yoki lavozimdan ozod etilishi yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatdan chiqarilishga olib kelishiga oid qoida chiqarib tashlanmoqda.

Davlat hokimiyati organlarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq boʻlgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari) tegishli organ yoki tashkilot rahbarining maʼlumotnomasiga koʻra, shuningdek, ularning oila aʼzolariga doimiy roʻyxatga turish boʻyicha yangi band kiritilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech