30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Energetika
14 May  2020 292

Yangi quduq atrofidada qurilish boshlandi

«Toʻmaris» konida kunlik 200 ming kub metr gaz olinadigan yangi quduq ochildi.

«Oʻzbekneftgaz» AJning Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Toʻmaris» gaz kondensat konidagi 5-sonli qidiruv qudugʻida burgʻulash ishlari tugatildi.

Quduqning 2025-2040 metr ochiq oʻzanida yura davrining XVa mahsuldor qatlamida oʻzlashtirish ishlari olib borildi. Natijada quduqdan kunlik 200 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz olinishiga erishildi. Burgʻulash ishlari “Olot NGQE” MCHJ tomonidan olib borildi.

Maʼlumot uchun: «Toʻmaris» gaz kondensat koni Buxoro Viloyatining Romitan tumanida joylashgan boʻlib, 2019-yil dekabr oyida ishga tushirilgan.

Shuningdek, «Toʻmaris» konida gazni dastlabki tozalash qurilmasining qurilish ishlari boshlandi. Bu yerda qazib olinayotgan tabiiy gaz tarkibidan mexanik birikmalar, kondensat va texnik suyuqlikni ajratib olish ishlari yoʻlga qoʻyilyapti.

Shuningdek, birlamchi tozalangan tabiiy gazni, «Uchqir» gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasigacha yetkazish maqsadida, yillik quvvati 500,0 million m³ boʻlgan tabiiy gazni dastlabki tozalash qurilmasining qurilish ishlari boshlandi.

Bunda asosiy maqsadlardan biri diametri Ø-325x10 millimetr, uzunligi 44,0 kilometr boʻlgan «Toʻmaris-Savatli» gaz quvuridan tabiiy gazni oʻtkazuvchanlik samaradorligini oshirishdir.

Qurilish montaj ishlari Bosh pudratchi tashkilot “Muboraknefgazmontaj” AJ tomonidan olib borilyapti, deb xabar beradi «Oʻzbekneftgaz» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech