11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Salomatlik
7 Iyul  2020 406

Yangi reanimobillar keltirildi

Yurtimizga koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarni transportirovka qilish uchun maxsus reanimobillar olib kelindi.

Bugun yurtimizga xorijda ishlab chiqarilgan 15 ta maxsus zamonaviy reanimobillarning olib kelinli.

Keltirilgan yangi maxsus reanimobillar bemorlarni transportirovka qilish sohasidagi kamchiliklarni toʻliq bartaraf qilishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Eʼtiborli jihati, ushbu reanimobillar defibrillyator, EKG va sunʼiy nafas berish apparatlari, dori-darmonlar kabi barcha kerakli vositalar bilan jihozlangan boʻlib, bemorni bir manzildan tibbiyot muassasasiga yetkazib borguncha uning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, bemorlarni tashishda tibbiyot xodimlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida reanimobillar biobokslar bilan taʼminlangan. Ushbu maxsus nosilkaning ustiga qilingan qoplamada darchalar boʻlib, ular orqali tibbiyot xodimi bemorga bemalol muolajalar oʻtkazishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2017-2018-yillar mobaynida Oʻzbekiston tarixida birinchi marta tez tibbiy yordam xizmati uchun 1 500 ta yangi ixtisoslashgan avtomashinalar xarid qilingandi.

Joriy yil yanvarida esa poytaxtimizning tez tibbiy yordam xizmati uchun xorijdan keltirilgan 150 ta “Ford” rusumidagi eng zamonaviy reanimobillar topshirilgandi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech