15 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20 °C

Transport
24 Aprel  2019 1227

Yangi Sergeli mavzesiga yangi avtobus yo‘nalishi qo‘yilmoqda

Toshkent shahrida yangi uy-joylarning qurilishi, shu asosda yangi mavze va aholi punktlarining bunyod etilayotgani jamoat transportiga talabning ortishiga sabab bo‘layapti. Xususan, poytaxtning Sergeli tumanida qisqa fursatda bunyod etilgan yangi uylar bugun katta mavzega aylandi.

Shundan kelib chiqib “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan ushbu mavzelardan o‘tuvchi yo‘nalishlarning harakat jadvaliga qo‘shimcha avtobuslar biriktirish va yangi yo‘nalishlar ochish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, aholi murojaatlaridan kelib chiqib, Yangi Sergeli mavzesi aholi punktini shahar markazi va metro bekatlari bilan bog‘lovchi yangi yo‘nalishlar tashkil etilish arafasida.

Jumladan, 133A–“Yangi Sergeli mavzesi — “Olmazor” metro bekati” yo‘nalishi faoliyati joriy yil 25-apreldan yo‘lga qo‘yilmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ushbu yo‘nalishda avtobuslar 4 ta harakat jadvali asosida qariyb 7 kilometrlik qisqa masofa oralig‘ida qatnaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech