31 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,7 °C

Mamlakatimizda
8 Yanvar  2020 1060

Yangi Soliq kodeksiga asosan 10 dan ortiq hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qonunga muvofiq, Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan 10 dan ortiq qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, foydali qazilmalarni qidirish, razvedka qilish va qazib olish uchun yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olgan yer qa'ridan foydalanuvchilar imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusini to‘laydi.

Imzoli bonus yer qa'ridan foydalanuvchining tegishli litsenziya asosida foydali qazilmalarni aniqlash va razvedka qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun bir martalik qat'iy belgilangan to‘lovidir.

Shuningdek, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonundan mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlar belgilashga oid vakolati chiqarildi.

Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech