17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Agrosеktor
6 Avgust  2019 474

Yangi texnologiyalar asosida sholi yetishtirilar ekan, xo‘sh, bunda nimalar tejaladi?

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Tong Yang Moolsang kompaniyasining zamonaviy mashinalari yordamida sholini ko‘chat usulida yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar beradi Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Yangi texnologiya orqali hosildorlik oshishi, vegetatsiya davri qisqarishi, 70-75 foizgacha urug‘dan iqtisod qilinishi, 20-25 foizgacha suvdan unumli foydalanishga erishiladi.

Ayni paytda  Koreyadan “TYM” (Tong Yang Moolsang) kompaniyasining qo‘lda itarib, shuningdek, RF-48 va ustiga minib boshqariladigan RRO600V rusumli ko‘chat ekish mashinalari keltirilib, sholi yetishtirish texnologiyasini mexanizatsiyalash yo‘li bilan takomillashtirish va yuqori hosil olishga qaratilgan eksperement olib borilmoqda.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Ma'sud Sattorovning bildirishicha, hozirgi tajribada 1 gektar maydonga o‘rtacha 12 soat ichida  sholi ekilayotgan bo‘lsa, endilikda qo‘lda boshqariladigan mashinalar yordamida 1,5-2 gektargacha, minib boshqariladigan mashinalarda esa o‘rtacha 7-8 gektargacha maydonda sholi ekib, yuqori samaradorlikka  erishilishi kutilmoqda. Sholini ko‘chat usuli bilan yetishtirish an'anaviy urug‘dan ekib yetishtirish usulga qaraganda ko‘p jihatdan afzalliklari mavjud. Hozirgi paytda yer yuzida sholi hosilining 95 foizidan ortig‘i faqat ko‘chat usulida yetishtirilmoqda.

Joriy yilda respublika bo‘yicha jami 114 ming gektarga sholi ekish rejalashtirilgan, shundan 57,9  ming gektari asosiy ekin sifatida va 56,1 ming gektar g‘alladan bo‘shagan maydonlarni tashkil etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech