29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31 °C

Salomatlik
4 Aprel  2020 1202

Yangi yuqori texnologik ishlab chiqarish

Innovatsiya vazirligi IVL qurilmalarini ishlab chiqarish uchun texnologiya transferini amalga oshirdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Slovakiyaning Chirana kompaniyasi va rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish bo‘yicha texnologiyalar transferi amalga oshirilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda transfer qilish boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Boboxonovning aytishicha, IVL qurilmalarini ishlab chiqarish joriy yilning may oyida boshlanadi. Toshkentning Bektemir tumanida ishlab chiqarish uchastkasi qurilishini yakunlash esa joriy yilning sentyabr oyiga qadar rejalashtirilgan.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning birinchi bosqichida 3 million dollar miqdorida investitsiya kiritish va 30 ish o‘rni yaratiladi. Ikkinchi bosqichida esa 6 million dollargacha investitsiyalar va 100 tagacha ish o‘rinlari ochilishi kutilmoqda.

– O‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi apparatlari hozirda jahonning 12 mamlakatida ishlab chiqariladi, – deydi «CHIRANA+» kompaniyasining bosh direktori Vasiliy Shimko. – CHIRANA brendi dunyoda eng mashhur oltita brenddan biri sanaladi. Apparatlarimiz boshqa kompaniya modellaridan farqli ravishda bir bosqichli emas, uch bosqichli ventilyasiyani amalga oshiradi.

Koronavirus tufayli mamlakatdagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonga 1 000 dona nafas olish konturlari, 500 dona namlik kollektor va nafas olish konturlari, hamda     1 000 dona bir martali bakterial-virusli filtrlar beg‘araz maqsadda topshiriladi.

Hozirda shu ishlarni amalga oshirish maqsadida «CHIRANA ASIA» Slovakiya-Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, kompaniya mamlakatda yagona yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Bunday ishlab chiqarish O‘rta Osiyoda birinchi marta amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, ta'mirlash uchun ehtiyot qismlar va xizmat ko‘rsatish markazi yaratilib, IVL (o‘pkaning sun'iy ventilyasiyasi apparati) va NDA (narkoz-nafas olish apparati) qurilmalari uchun noyob, mobil va zamonaviy servis xizmati tashkil etiladi.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, shuningdek, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonda sotish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech