22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Voqea-hodisalar
21 Oktyabr  2019 474

Yaponiyaga ikkita yangi to‘fon yaqinlashmoqda

Ikkita yangi to‘fon Yaponiya qirg‘oqlari tomonga harakatlanmoqda. U yerda hali avvalgi kuchli jala quyishi oqibatida kelib chiqqan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatlarini bartaraf etish yakuniga yetmagan bir paytda Yaponiya meteorologiya bosh boshqarmasi tomonidan ana shu ma'lumot e'lon qilingan.

Ushbu mavsumda «Neoguri» to‘foni (bu mavsumdagi yigirmanchisi) 22-oktabr kuni ertalab janubi-g‘arbiy qirg‘oqlar va Tokioning janubiy sohillariga yetib borishi kutilmoqda, deb xabar tarqatdi РИА Новости.

Shamolning tezligi soniyasiga 45 metrga yetadi, bu kuchli to‘fon markazida bosim 985 gektopaskal (simob ustunining 739 millimetri)ga teng.

Yana bir «Bualoy» to‘foni ham janubdan yaqinlashmoqda va 26-oktabr kechasi Yaponiyaning sharqiy qirg‘oqlariga yetib boradi. To‘fon hududidagi shamol tezligi soniyasiga 50 metrga yetishi mumkin, uning markazida bosim 970 gektopaskal (simob ustunining 727 millimetri)ga teng ekani aytilmoqda.

O‘tgan hafta Yaponiyaning markaziy hududlariga so‘nggi bir necha o‘n yillar ichidagi eng kuchli «Xagibis» to‘foni yopirilib, bo‘ronli shamollar va kuchli jala quyishi bilan kechgandi. To‘fon natijasida suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari 79 kishiga yetgan, o‘n kishi bedarak yo‘qolgan, jabr ko‘rganlar soni 400 ga yaqinlashgandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech