06 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,2 °C

Yashil sayyora
12 Mart  2020 973

Yashil hududni asrash muhim masala

 12-mart kuni Toshkent shahar hokimligida «Ko‘p qavatli uylar yaqinidagi mayda qurilmalar va qurilish ishlari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

So‘nggi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda toshkentliklarning qurilish tashkilotlaridan noroziligi ko‘p muhokama qilinayotgani bois uchrashuvga OAVlari vakillari, blogerlar va jamoatchilik taklif qilindi.

Tadbirda Nukus, Yakub Kolas ko‘chalar 6-uy, Markaz-1 va Markaz-14 dahalari, Parkent ko‘chasidagi yangi qurilgan uylar kabi muammoli manzillar aholisidan ko‘plab savollar tushdi.

Yer ajratish (auksionlar) mexanizmlari va normativlarni bajarishga bo‘lgan talablar ishtirokchilarga tushuntirildi. Shuningdek, shu kabi qator savollar bilan boshqarmaga murojaat qilib, maslahat olish mumkinligi ham ma'lum qildi.

Shuningdek, yashil hududlarga yetkazilayotgan zarar masalasi ham toshkentliklarda ko‘p savol tug‘dirdi. Bu borada atrof-muhitni muhofaza qilish idorasi mas'ullari har bir holatga izoh berdi.

Masalan, Nukus ko‘chasidagi yashil hududdan 200 ga yaqin daraxt Uch qahramon bekati yaqinidagi maydonchaga ekilgan bo‘lib, bu o‘simliklarning holati kuzatilmoqda va hozir ular kurtak chiqargan. Ashhobod bog‘i yaqinidagi maydondan Texnopark hududiga ko‘chirilgan daraxtlar bilan holat ham huddi shunday.

Agar kuzatuvlar vaqtida ularning bir qismi yangi joyda ko‘karmasa, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi haqida Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining boshlig‘i Nodirjon Yunusov tushuntirish berdi.

Matbuot anjumanida muammo yechimini kutib o‘tirmasdan shahar aholisi, qurilish tashkilotlari va ma’muriyat yaqin aloqada bo‘lishi muhimligi ta’kidlandi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech