27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Moliya
22 Aprel  2020 720

Yirik soliq to‘lovchilar kimlar

Davlat soliq qo‘mitasining qarori bilan «Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi Nizom» tasdiqlangan.

Ushbu nizomga muvofiq quyidagilar yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritiladi:

a) aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va aksiz to‘lanadigan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar;

b) tijorat banklari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;

v) «Navoiy KMK» DK, «Olmaliq KMK» AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;

g) mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;

d) mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan olingan sof tushumi o‘tgan kalendar yil yakuni bo‘yicha 100,0 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan yoki ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr yakuni bo‘yicha ushbu miqdordan oshgan yuridik shaxslar;

e) uglevodorod xom ashyosi va mineral resurslarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi, yetkazib beruvchi va sotuvchi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yuridik shaxslar, bundan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari mustasno;

j) O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘idan yo‘lovchilarni tashish maqsadlarida foydalanuvchi, xalqaro havo aloqalarini amalga oshiruvchi va ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar.

 Yirik soliq to‘lovchilar toifasini belgilashda, sof tushumi 100,0 milliard so‘m va undan oshgan yuridik shaxslar o‘tgan kalendar yil yakuni yoki ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr bo‘yicha soliq organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlariga asosan aniqlanadi.

Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiruvchi korxonalar va ularning filiallarining to‘liq ro‘yxati bilan quyidagi havolala orqali tanishish mumkin.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha yirik soliq to‘lovchilar soni 779 tani (filiallarni hisobga olmagan holda) tashkil etadi deb xabar beradi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech