07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,8 °C

Ta'lim
18 Dekabr  2019 1004

Yodju instituti faoliyati tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi

“Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti faoliyatini tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (17.12.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, institut mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta'lim tashkiloti hisoblanadi.

Institut ta'lim faoliyatini Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda Yodju texnologiya institutining (Koreya Respublikasi) o‘quv rejalari asosida o‘zbek, rus, ingliz tillarida amalga oshiradi.

Institut bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladigan diplom beriladi.

Institutga talabalar qabuli umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotga ega abiturientlar o‘rtasida kirish imtihonlari Yodju texnologiya instituti tomonidan (yoki ishtirokida) o‘tkaziladi.

O‘qish to‘lov-kontrakt asosida, kunduzgi, sirtqi va kechki shaklda amalga oshiriladi.

Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul 10 nafardan kam bo‘lmagan abiturientlar o‘qishga qabul qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech