02 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,6 °C

Xavfsizlik
18 Iyul  2019 996

Yangiyo‘ldagi yo‘l transport hodisasida ikki kishi halok bo‘ldi

Yangi yo‘l tumanida “Opel Omega” rusumli avtomashina va “DAF” rusumli yuk avtomashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Joriy yilning 17-iyul kuni soat 05:30larda Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 27 yoshli D.N. boshqaruvidagi “Opel Omega” rusumli avtomashinasini Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani Chortoq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Quyichirchiq-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan Namangan viloyati Chortoq tumanida yashovchi 62 yoshli A.I. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Natijada “Opel Omega” avtomashinasi haydovchisi va uning yo‘lovchisi, Sergeli tumanida yashagan 22 yoshli A.U. ismli ayol jarohat olib voqyea joyida vafot etganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech