27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,6 °C

Ta'lim
8 Aprel  2020 608

Yolg‘on xabarga uchmang

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi OTMga imtihonsiz qabul qilinishi to‘g‘risidagi asossiz xabarni inkor qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020/2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablari va akademik litsey bitiruvchilari imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risida tarqalgan xabarlar haqiqatga ziddir. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan bunday xabar tarqatilmagan.

Vazirlik o‘qishga qabul qilish tartibiga hyech qanday o‘zgartirish kiritilmaganini ma’lum qiladi. Abiturientlarni esa yozgi imtihon va sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiradi, deb xabar beradi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech