25 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Energetika
3 Iyun  2019 451

Yoqilg‘i-energetikaning ayrim turlariga tarif siyosati takomillashtirildi

Yoqilg‘i-energetika resurslarini ayrim turlari uchun tarif siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (452-son, 31.05.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

- 2019-yil 1-iyundan faoliyatini byudjet hisobidan olib bormaydigan va tejamkor bo‘lmagan qozon agregatlarni almashtirmagan tashkilotlarga tabiiy gaz uchun haq to‘lash bo‘yicha amaldagi tariflarga nisbatan oshirilgan koeffitsient 2,0 dan 1,2 gacha kamaytiriladi;

- quvvati 750 kVA va undan yuqori bo‘lgan suv ta'minoti tashkilotlariga elektr uchun tabaqalashtirilgan hisob-kitoblar tatbiq etilmaydi;

- umumiy uy-joy ehtiyojlariga foydalaniladigan elektr uchun haq maishiy iste'molchilarga belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lanadi;

- idoraviy va munitsipal uy-joy fondi, yotoqxonalar va oilaviy korxonalar, elektr energiyasidan aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonlarga maishiy iste'molchilarga belgilangan elektr energiyasi tarifi qo‘llaniladi;

- mazkur qaror kuchga kirgunicha elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun avans to‘langan bo‘lsa, iste'molchilar (aholidan tashqari)  tarif o‘zgarganda to‘lov qilingan kundan keyingi 2 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladi (ilgari bu muddat 1 oy edi).

Hukumatning 2018-yil 1-noyabrdagi qarorida belgilangan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlarning 2019-yil 1-iyundan oshishi bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech