27 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Ijtimoiy hayot
2 May  2020 600

Yordam davom etadi

Poytaxtlik saxovatpeshalar toshqindan jabrlangan   sirdaryoliklarga insonparvarlik yordam qo‘lini cho‘zdilar.

Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida fuqarolarimiz tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatida og‘ir turmush sharoitida qolgan aholiga yordam berish maqsadida homiylik yordamlarini yig‘uvchi puntk (markaz) tashkil qilindi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Bugun, 2-may kuni bu yerda favqulodda hodisa sabab, evakuatsiya qilingan vatandoshlarimizni  qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular uchun kundalik zarur bo‘lgan barcha mahsulotlar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzallar, ko‘rpa-to‘shak, dori-darmon, sanitariya va gigiana mahsulotlari) to‘planib, manzilli ravishda yetkazib berish uchun chikib ketdi.

Xayriya yordami sirdaryoliklarga toshkentliklarning yordami tariqasida muntazam yetkazib turiladi.

Mahsulotlar jamlanuvchi keyingi manzil va yetkazib berish muddati haqida yana xabardor qilamiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech