29 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,9 °C

Agrosеktor
25 Mart  2020 195

Yordamchi xo‘jaliklar kengaymoqda

Norin-Farg‘ona irrigatsiya tizimi boshqarmasi Farg‘ona viloyatining 9 ta tumanidagi ekin maydonlariga suv yetkazib beradi.

Bu yilgi bahor mavsumida 2 777 gektar maydonga nam suvi berish rejalashtirilgan. Shu kungacha 2 000 gektarga yaqin maydon tayyorlanib, nam suvi berish yakunlandi.

Boshqarmada 17 ta suv taqsimlash bo‘limi bo‘lib, har birining qoshidagi yordamchi xo‘jalikda bittadan issiqxona tashkil qilingan. Ushbu issiqxonalarda limon va mandarin ko‘chatlari o‘stirilyapti. Ko‘chat oralarida esa qalampir, pomidor, bodring hamda turli ko‘katlar parvarish qilinmoqda.

Bundan tashqari suv taqsimlash bo‘limlari qoshida sun’y baliq ko‘llari ham tashkil qilindi. Shuningdek, 300 boshga yaqin qo‘y, 10 bosh qoramol, 16 bosh quyon, 340 ta tovuqni yil oxiriga borib ikki hissaga ko‘paytirish mo‘ljallangan.

Katta Andijon kanalining 4-, 5-, KV-1, So‘x-tarmog‘i va Bag‘dod suv taqsimlash bo‘limlarida esa 1 500 tadan jami 7 500 ga yaqin o‘rdak boqilyapti. Irrigatsiya tizimi boshqarmasi moddiy-ta’minotini mustahkamlashda, hamda xodimlar ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishda yordamchi xo‘jaliklar qo‘l kelayapti, deb xabar beradi Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech