30 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,5 °C

Agrosеktor
21 Aprel  2020 2002

Yoshlar dalada ish boshladi

Toshkent viloyatida yoshlar bandligini ta’minlash borasida bir qator loyihalar amalga oshirilyati.

Viloyatning Bo‘ka tumanida «Har bir yoshga - bir gektar» loyihasi doirasida «Bo‘ka» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi bo‘sh turgan jami 77,6 gektar yer ishsiz 160 nafar yigit-qizlar va ehtiyojmand yosh oilalarning 40 tasiga ajratib berildi.  Ularning har biri esa 2 nafardan yoshni ishga jalb qilishi natijasida 250 nafar yigit-qizning bandligi ta'minlandi.

Ayni paytda yigit-qizlar turli sabzavot ko‘chatlari va urug‘larini yerga qadashmoqda.

 Shu kungacha Bo‘ka, Toshkent, Ohangaron va Parkent tumanlarida ham «Har bir yoshga – bir gektar» aksiyasi asosida ishsiz yurgan yigit-qizlarning har biriga suvli maydonlardan 20 sotixdan bir gektargacha yer ajratildi. Ularga mevali daraxt ko‘chatlarini ekishga zarur texnikalar bilan yordam berilyapti. Umuman hozirgacha joylarda 315 nafar yoshga 152,5 gektar yer berildi.

Toshkent tumanida «Manzilli reja» loyihasi asosida «Chuvalachi» hududidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan 5 nafar yigit-qizga sug‘oriladigan yerlardan jami 2,5 gektar yer berildi.

18-30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlarning bandligini ta'minlash maqsadida  qator loyihalar turmushga joriy etildi. Yoshlar asosan agroklasterlar, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilik, tomorqachilik, xususan, issiqxona xo‘jaliklariga ishga joylashtirilayapti, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech