31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,6 °C

Agrosеktor
28 Aprel  2020 554

Yoshlar korporatsiyalari tashkil etiladi

Bugun yoshlar bandligini ta’minlashda dala ishlarini rivojlantirish qo‘l kelyapti.

Toshkent viloyatida yoshlar bandligini ta’minlash, ularga munosib ish o‘rinlarini yaratish hamda ishsizlik muammosini hal etishga qaratilgan yangi loyihalar izchil amalga oshtirilyapti. 

Jami 525 289 nafar yigit-qizning 18-30 yoshgacha bo‘lgan 14 537 nafari doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, joriy yil aprel oyida o‘tkazilgan qayta o‘rganish natijasida karantin vaqtida yana 5 764 nafar yigit-qizning ish bilan band bo‘lmaganligi aniqlandi.   

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan joylarda sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida «Har bir yoshga– bir gektar» loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Mazkur loyiha doirasida joriy yil 25 aprel holatiga ko‘ra, viloyat bo‘yicha 924 nafar yigit-qizga jami 380 gektardan ortiq yer maydonlari ajratildi.

Jumladan, Oqqo‘rg‘on tumani «Sultonobod» mahallasidan 100 nafar yoshga 1 gektardan, Bo‘ka tumani «Bo‘ka» mahallasidan 200 nafar yigit-qizga 0,35 gektardan, Parkent tumani «So‘qoq», «Bog‘bon» mahallalaridan 315 nafar yoshga 0,20 gektardan yer meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirib, o‘zlarining daromad manbaini shakllantirish va bandligini ta'minlash maqsadida berildi.

Bunday tarzda ajratilayotgan yer maydonlaridan doimiy foydalanish uchun yoshlar korporatsiyalarini tashkil eti shva ularning faoliyati uchun viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan grantlar, subsidiyalar ajratish ko‘zda tutilayotgan.

Bu borada g‘alladan bo‘shagan 400 gektardan ortiq yer maydonining ham ming nafarga yaqin yigit-qizga ajratilishi rejalashtirilgan.  

Umuman Toshkent viloyatida yoshlarga oid davlat siyosatini amaga oshirish borasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar zamirida ularning bandligini ta'minlash va turmush tarzi hamda farovonligini yanada oshirish kabi maqsadlar mujassamdir.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech