26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Mamlakatimizda
9 Iyun  2019 424

Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi qayta tashkil etildi

Hukumat qarori bilan (472-son, 2019 yil 7 iyun)  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish respublika markazi etib qayta tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

 

Ta'limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoni sifatida faoliyat yuritish Markaz faoliyatning asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.

Qaror bilan shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida psixologik xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi hamda tegishli tashkilot va idoralarga:

-2019/2020 o‘quv yilidan boshlab psixologiya ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish;

-magistratura bosqichida psixologiya bo‘yicha mutaxassisliklar kvotalarini keskin oshirish choralarini ko‘rish kabi vazifalar yuklatildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech