12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +0,3 °C

Mamlakatimizda
22 Oktyabr  2019 444

YPX xodimlari xizmat vazifasini bajarish vaqtida nimalarga majburligini bilasizmi?

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishda nimalarga majburligi bo‘yicha ma'lumot berdi.

 

- vizual kuzatuv hamda maxsus moslamalardan foydalangan holda qoidalar buzilganligini aniqlash;

- yo‘l harakati qatnashchisini to‘xtatganidan keyin uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish, lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma'lumot berish, uning talabiga ko‘ra ko‘krak nishon belgisini ma'lum qilish va xizmat guvohnomasini ochiq holda ko‘rsatish;

- har qanday vaziyatda yo‘l harakati qatnashchilari bilan vazmin, xushmuomala, odobli va e'tiborli bo‘lish, ularga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilish, yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilish;

- yo‘l harakati qatnashchilariga ularni to‘xtatish sababini, sodir etilgan huquqbuzarlik yuzasidan aniq, lo‘nda tushuntirish berish;

- belgilangan tartibda berilgan ko‘rsatmaga asosan yo‘l harakati qatnashchilarining harakatini cheklash yoki taqiqlash;

- qoidalarni buzgan yo‘l harakati qatnashchisiga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida unga huquq va majburiyatlarini tushuntirish;

- huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida tegishli choralarni ko‘rish;

- huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish;

- huquqbuzarlikdan yoki baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga, hayoti (sog‘lig‘i) xavf ostida qolgan shaxslarga, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan yo‘l harakati qatnashchilariga hamda yo‘l transport hodisasi oqibatida shikastlangan transport vositalarini belgilangan joyga olib borishda fuqarolarga yordam ko‘rsatish;

- ruxsat etilmagan, sertifikatga ega bo‘lmagan, sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki belgilangan tartibda ichki ishlar organlari hisobida mavjud bo‘lmagan maxsus moslamalardan foydalanmaslik;

- belgilangan harakatlanish tezligini oshirib, qoidalarni buzgan haydovchini maxsus moslamaning ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish, uning talabiga ko‘ra moslamaning qiyoslash sertifikatini ko‘rsatish;

- yo‘l harakati qatnashchilariga yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) yoki sudga shikoyat qilish huquqini tushuntirish.

Bundan tashqari, 2020-yil 1-yanvardan boshlab YPX xodimlari xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda olib borishi va bu haqda yo‘l harakati qatnashchilariga ma'lum qilishi lozim.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech