11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Xavfsizlik
3 Iyul  2020 387

YTHda uch kishi qurbon boʻldi

“Malibu” va “MAN” rusumli avtomashinalar toʻqnashishi oqibatida, uch nafar odam vafot etdi.

2020-yil 1-iyulda Samarqand viloyati Samarqand tumani Andijon mahallasi hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlining 1095 kilometrida YTH bilan bogʻliq dahshatli voqea sodir boʻldi.

“MAN” rusumli yuk avtomashinasi va “Malibu” rusumli avtomashinalari toʻqnashuvi natijasida “Malibu” avtomashinasining 50 va 51 yoshli ayol yoʻlovchilari, hamda 48 yoshli yoʻlovchisi olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyda vafot etganlar

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech