12 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,4 °C

Sport
13 Yanvar  2019 1946

Toshkentda bayramga bag‘ishlangan yugurish aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 13-yanvar kuni Mudofaa vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorligida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalari o‘rtasida «Sog‘lomlashtirish aksiyasi» o‘tkazildi. Unda 300 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar bilan birga professional sportchilar ham ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ishtirokchilarning uzoq masofaga yugurishi oldidan «Vatanga Qasamyod» monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqaga Qurolli Kuchlar davlat muzeyi oldida start berildi.

Finish chizig‘i Xalqlar do‘stligi maydonida bo‘lib, ikki manzil orasidagi masofa 10 kilometrdan oshdi.

Belgilangan marraga yetib kelgan ishtirokchilarni harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda poytaxt aholisi va mehmonlari tantanali tarzda kutib oldilar.

Erkaklar o‘rtasida marraga birinchi bo‘lib, Mudofaa vazirligi Sport klubi vakili Shoxruh Davlatovga nasib etgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida birinchilikni Mudofaa vazirligi sport klubining yana bir yorqin vakili Katya Tunguskova qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar qimmatboha sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech