04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,5 °C

Dolzarb
29 Aprel  2020 653

Yuk tashuvchilar uchun talablar kuchaymoqda

O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi mazkur mamlakat bo‘ylab transport harakatiga doir qo‘shimcha talablari haqida axborot bergan.

O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Turkiya Ichki ishlar vazirligi mamlakat bo‘ylab xalqaro yuk tashishga qo‘shimcha talablar qo‘ydi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu talablarga ko‘ra, agar haydovchining sog‘lig‘ini tekshirish paytida kasallik belgilari aniqlansa, xorijiy haydovchilarning Turkiyaga kirishiga ruxsat berilmaydi, Turkiya fuqarolari esa karantinga olinadi.

Kasallik belgilari bo‘lmasa:

- Turkiya hududi orqali tranzit tashishda transport vositalari kuzatish tizimi (GPS) bilan jihozlanadi, chegara darvozasigacha bo‘lgan masofaga qarab 24 soatdan 36 soatgacha Turkiyada bo‘lishiga ruxsat beriladi. Bu muddat yo‘llarning holati va ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda 48 soatgacha uzaytirilishi mumkin. Avtotransport vositalari oldindan belgilangan marshrutga, stansiyalarga / to‘xtash joylariga rioya qilishlari kerak;

- Turkiyaga / Turkiyadan yuklarni tashishda xorijiy haydovchilar 14 kunlik karantin muddati tugamasdan mamlakat hududiga kirishlari uchun ular 72 soat ichida Turkiyadan chiqib ketishlari talab etiladi (yo‘llar, ob-havo sharoiti, bojxona tartiblari hisobga olingan holda uzaytirilishi mumkin);

- Turkiya haydovchilari 14 kunlik muddat tugamasdan mamlakatdan chiqib ketishlari mumkin;

- Dori vositalari, tibbiy buyumlar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari tashishga ustuvor e’tibor beriladi.

Kemada yuk tashish (Ro-Ro Travels) haydovchilar ishtirokisiz amalga oshiriladi (faqat yarim tirkamalar / tirkamalar qabul qilinadi).

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hududi orqali xalqaro yuk tashishni amalga oshirishni rejalashtirgan jismoniy va yuridik shaxslarga Turkiya tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech