07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,5 °C

Urbanizatsiya
13 Noyabr  2019 2459

“Yunusabad Business City” qurilishida Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirok etadi

Toshkent shahar hokimligida Koreyaning IGIS Asset Management, KIND (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) va Wooju Construction Co. LTD. kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi hokimlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va “Yunusabad Business City” qurilishida ushbu kompaniyalarning ishtirok etishi to‘g‘risida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Kelishuvda uchta kompaniyaning konsorsiumini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ma'lumot o‘rnida qayd etish joiz, IGIS Asset Management Koreya Respublikasidagi ko‘chmas mulk va aktivlarni boshqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biridir. Bugungi kunda kompaniya Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va yevropada muvaffaqiyatli ishlamoqda. Xususan, IGIS Asset Management`ning so‘nggi loyihalaridan biri Frankfurtdagi (Germaniya) osmono‘par binoning qurilishidir.

KIND (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) Koreya Respublikasi hukumati tomonidan xorijiy mamlakatlarda qurilish ishlarini yengillashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan korporatsiyadir. Ushbu korporatsiya shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

2001 yilda tashkil topgan Wooju Construction Co. LTD. LTD. infratuzilma qurilishiga ixtisoslashgan. Mazkur kompaniya Taxiatosh IESni qayta qurish va Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etganligini qo‘shimcha qilish o‘rinli.

Ushbu kelishuv yurtimizda, xususan, poytaxtimizda amalga oshirilayotgan yirik shaharsozlik loyihalariga turli mamlakatlar investorlari qiziqayotganligi va qo‘llab-quvvatlayotganligini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech