29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Transport
10 Dekabr  2019 744

Yunusobodda 19 ta avtobusning harakat yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqich qurilishlari doirasida yerosti o‘tish yo‘lini barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan ta'mirlash ishlari yakuniga qadar hududdagi A.Donish ko‘chasining Yangi shahar ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi o‘tish yo‘li avtotransport harakati uchun yopiladi, deb xabar qiladi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

Bu esa jamoat transporti — avtobuslar harakatiga ham ta'sir o‘tkazadi. Xususan, yuqoridagi manzildan harakatlanuvchi 5, 25, 36, 52, 60, 72, 82, 91, 95, 96, 97, 111, 119, 140, 149, 151, 152, 190, 198-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar yo‘nalish harakatini A.Donish ko‘chasidan Yangi shahar hamda A.Temur ko‘chalari orqali davom ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech