13 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,3 °C

Dolzarb
23 Fevral  2019 2462

Yurak xuruji yasharib ketayotgan kasalliklar qatoriga kiradi

 Inson hamisha yaxshi yashashni sog‘lom bo‘lishni istaydi. Ammo hamisha ham biz istagandek bo‘lavermaydi. Shifokorlar ham inson salomatligini asrash, kasallikning oldini olish yoxud davolashda faol ishtirok etadi. Lekin kasallikka davo topish bu birgina shifokorning qo‘lidan kelmaydi. Inson ongli ravishda bunga tayyor bo‘lishi kerak.

Bugungi kunga kelib xafaqon kasalligi juda kup uchrayotgan kasalliklardan biri hisoblanadi. Xafaqonlik asosan yurak-tomir tizimi kasalligi hisoblanib, arterial bosimning keskin ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Bu kasallikni vaqtida davolash va oldini olish muhim ahamiyatga ega. Dunyodagi insonlarning kasalliklari solishtirib ko‘rilganda, yurak tomir kasalliklari birinchilikni olib kelayotgani ma'lum bo‘ldi. Yurtimizda ham bu kasallik kundan-kunga nafaqat ko‘payib balki yasharib ham bormoqda.

 Yoshlarimiz o‘rtasida yurak tomir kasalliklarining ko‘payishi, vaqtida shifokorga murojat qilinmay kasallikning avj olishiga, uni asoratlanishiga olib kelayotgan holatlar ko‘paymoqda. 40-55 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘zlarini hali ham yosh deb hisoblaydi va bu kasallikni uncha xavflik emas deb o‘ylaydi. O‘tgan asrda olimlar qon bosimining oshishi – arterial gipertenziya holatining shakllanishida neyrogen taassurotlar katta axamiyatga ega ekanligi haqida aytgan. Gipertoniya kasalligining kelib chiqishida uzoq muddat ruhiy jarohat va salbiy his-hayajonlar ta’siri natijasida qon aylanishining markaziy boshqaruv tizimi faoliyati buzilishiga olib kelishi aniqlangan.

 Hozirgi vaqtda  yurak faoliyatiga salbiy ta'sir etuvchi omillar ham katta ahamiyatga ega. Bu omillarga tana vaznining ortishi, ovqatlanish ratsionining buzilishi, sog‘lom turmush tarziga ahamiyat bermaslik, alkogol tutuvchi ichimliklar ichish, chekish, stress holatlar kiradi. Gipertoniya kasalligining klinik belgilari ko‘pchilik bemorlarda sekinlik bilan boshlanib, arterial bosimning ko‘tarilishi hyech qanday belgilarsiz o‘tishi va aksariyat hollarda profilaktik tekshirish paytida birinchi marta AB o‘lchanganda, yoki sanatoriya-kurort kartalari to‘ldirilayotganda tasodifan aniqlanadi. Fizikal, asbobiy tekshirishlar natijalariga ko‘ra tashxis qo‘yiladi.

 Gipertoniya kasalligida ko‘pincha kuzatiladigan shikoyatlar: bosh og‘rig‘i, keyinchalik kasallik avjlanib borgan sari u asosiy sub’ektiv simptomlaridan biriga aylanadi. Aksariyat bemorlarda bosh og‘rig‘i tunda yoki erta saxarda (u bosh og‘rig‘i bilan uyg‘onadi) paydo bo‘lishi mumkin, bemorlar boshini ensa, peshona qismida yoki hamma sohasida og‘irlik yoki tiqilish hissidan shikoyat qiladi. Ayrim hollarda bosh og‘rig‘i yo‘talganda, gorizontal holatda kuchayishi, qovoqlarda va yuz sohasida bir oz shish bilan birga kechishi mumkin.

 Gipertoniya kasalligi bo‘lgan bemorlar dispanser kuzatuvida bo‘lib, shifokor tomonidan ko‘rsatilgan muddatda ko‘rikdan o‘tib turishi shart. Shuningdek, sog‘lom hayot tarzi tamoyillariga rioya qilishi, osh tuzi va yog‘li ovqatlardan cheklanishi, stress holatlardan o‘zini saqlashi, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kerak.

 Davo muolajalarini muntazam olib borilishi tavsiya qilinadi. Yuqorida ko‘rsatilgan shikoyatlar mavjud bo‘lib, shifokor gipertoniya kasalligi kuzatilayotganini bildirsa, inson salomatligiga befarq bo‘lmasligi lozim. Arterial bosimning keskin ko‘tarilishi gipertonik kriz holatiga ham olib kelishi mumkin. Agar qisqa muddatda shifokor yordam bermasa, yurakda qon aylanishi buzilishi va ishemik holatni yuzaga keltirib chiqarishi, miokard infarkti kabi asoratlarga olib kelishi, ahvol yanada og‘irlashishi mumkin.

 Agar uzoq umr ko‘rishni, sog‘lom yurishni istasa, har bir inson o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lishi muhimdir.

Asilabonu Hamzaeva

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech