27 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Turizm
13 May  2020 763

Yurtimiz xorijliklar nigohida

“Sufi Trail” Oʻzbekiston boʻylab sayohatni butunjahon merosi boʻylab sayohatga qiyosladi.

Niderlandiyaning “Sufi Trail” saytida taniqli belgiyalik fotojurnalist Jon Reynxardning Oʻzbekistonga ijodiy safariga bagʻishlangan “Oʻzbekiston – Ipak yoʻli durdonasi” sarlavhali maqolasi chop etildi, deb xabar beradi turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati. Maqolada mamlakatimizning sayyohlik salohiyati toʻliq kashf qilinmaganligi taʼkidlanadi.

“Oʻzbekiston Buyuk ipak yoʻli durdonasi va Jaloliddin Rumiy yoʻnalishidagi mamlakatdir. 3 ming yillik tarixga ega mamlakat — Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi biz yaxshi bilmagan ajoyib mamlakatlardan biridir. Albatta, biz Buyuk ipak yoʻli haqida eshitganmiz, lekin unda betakror goʻzallikka ega shaharlar borligini bilmaymiz. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar oʻzining minoralari, masjidlari va madrasalari bilan koʻzingizni quvontiradi, hayratingizni oshiradi”, deyiladi maqolada.

“Sufi Trail” maqolasida mashhur Sharq bozorlari, u yerdagi sarxil mevalar va ularning betakror taʼmi hamda sotuvchilarning xushmuomalaligi va mehmondoʻstligi alohida eʼtirof etilgan.

Maqolada Toshkent metrosiga alohida toʻxtalib oʻtilgan.

Oʻzbekiston gastronomiyasi haqida esa butun bir kitob yaratish mumkinligi taʼkidlanadi. Muallif maqolaga yakun yasar ekan, Oʻzbekistonning boy tarixga ega, doʻstona, xavfsiz va ozoda mamlakat ekanligini taʼkidlaydi hamda bu yerda barcha qulayliklar mavjudligini qoʻshimcha qiladi. “Internetga kirish, telefon va transport kabi zamonaviy qulayliklarning mavjudligi uning oʻziga xosligini tasdiqlaydi. Oʻzbekiston koʻp tarmoqli ichki marshrutlarga ega. Tezyurar poyezdlar mamlakatning barcha burchaklaridan xohlovchilarni tashishi mumkin. Mamlakatning yana bir afzalligi u yerda oʻzbek tilidan tashqari rus, ingliz va fransuz tillarida ham soʻzlashishadi. Aslida Oʻzbekiston sayohatlar uchun ajoyib mamlakat”, deyiladi maqolada.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech