26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,4 °C

Kеyingi avlod
21 Aprel  2019 944

Yurtimiz yoshlari uchun raqamli pianino sovg‘a qilindi

Janubiy Koreyaning Booyoung Housing Co. LTD kompaniyasi Xalq ta’limi hamda Maktabgacha ta’lim vazirliklariga ikki mingta raqamli pianino sovg‘a qildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga tashrifi chog‘ida Booyoung Housing Co. LTD kompaniyasi bilan yurtimiz ta’lim muassasalariga ikki mingta raqamli pianinoni bepul topshirish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

Xalq ta’limi vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur shartnomaga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi 1000 ta raqamli pianino olishi hamda bu pianinolar maktablarga berilishi rejaga kiritilgan.

Ushbu loyiha yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus bo‘yicha ijtimoiy, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni amalga oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ma’lumot uchun, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishini oshirishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech