05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Ta'lim
2 Iyun  2020 351

Yurtimizda yana bir chet el OTM

Toshkent shahrida “Yaponiya raqamli universiteti” tashkil etiladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida “Yaponiya raqamli universiteti”ni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Yangi universitet Yaponiyaning “Digital knowledge” aksiyadorlik jamiyati muassisligidagi alohida mulk va mustaqil balansga ega boʻlgan yuridik shaxs maqomidagi ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Hujjatga muvofiq, mazkur oliy taʼlim muassasasiga talabalikka qabul qilish va bitiruvchilarining attestatsiyasi ushbu universitet tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi

“Ikki tomonlama diplom” (double degree) dasturlari asosida oʻqishlarini muvaffaqiyatli tamomlagan Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “Kompyuter lingvistikasi” yoʻnalishida davlat namunasidagi diplom hamda Yaponiya va Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan Yaponiyaning Otemaye universiteti, Tokio onlayn universiteti va boshqa universitetlaridan birining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha belgilangan namunadagi diplomlari beriladi.

Toshkent shahridagi “Yaponiya raqamli universiteti”da 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab taʼlim jarayoni boshlanadi hamda muhandis-dasturchi va biznes boshqaruvi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

https://regulation.gov.uz/uz/document/18357 havolasi orqali mazkur qaror loyihasi bilan atroflicha tanishish hamda muhokamada ishtirok etish mumkin, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech