16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Madaniyat
29 Aprel  2019 1274

«Qasoskorlar: xotima» filmini ko‘rish uchun tomoshabinlar 1,2 milliard dollar to‘lashdi

Superqahramonlar haqidagi bu filmning yakuniy qismini ko‘rish uchun ijaraning dastlabki kuniyoq sotuvlardan 1,2 milliard dollar tushum jamg‘arildi, deya xabar beradi «Bloomberg».

Ushbu yangi rekord tushum haqida «Walt Disney Co» kompaniyasi ham xabar qilgan. «Box Office Mojo» portalidagi keltirilishicha, shu paytgacha bunday tushum bo‘yicha superqahramonlar haqidagi filmning oldingi qismi «Qasoskorlar: cheksizlik urushi» yetakchilik qilayotgandi. O‘shanda bir dam olish kungi namoyishdan 640 million dollar tushum qayd etilgandi.

«Bloomberg» mazkur ko‘rsatkichning 2,5 milliard dollarga yetishini aytmoqda. Tarixda faqat birgina «Avatar» filmi ana shu mablag‘dan ziyodini to‘play olgan. 2009-yilda «Avatar» filmi 2,788 milliard dollar mablag‘ «ishlab» olgandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech