26 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent 0 °C

Xavfsizlik
11 Yanvar  2020 1920

Bunyodkor ko‘chasidagi YTH sababchisi qo‘lga olindi

Poytaxtimiz IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 9-yanvarda YTH sodir etgan BMV haydovchisining shaxsi aniqlangan.

U 30 yoshli Nurbek T. bo‘lib chiqdi va hozirgi vaqtda qo‘lga olingan. Narkologiya ekspertizasi xulosasi hodisa ro‘y bergan vaqtida Nurbek T. mast holatda bo‘lganligini  tasdiqlamoqda. Qo‘lga olingan shaxsning yuzida hodisa natijasida olingan jarohatlar ham mavjud.

Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi. Tergov esa davom etyapti.

Eslatib o‘tamiz: hodisa Bunyodkor ko‘chasida soat 23-20 chamasida sodir bo‘lgan. YTH natijasida esa “Lasetti” avtomashinasining ikki nafar yo‘lovchisi vafot etgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech