04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,5 °C

Ijtimoiy hayot
2 Yanvar  2019 2344

Zafar Hoshimovning mish-mish tarqatgan chek hamda 20 foiz QQS haqidagi fikrlari

Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrimlarini qo‘shimcha qiyimat solig‘idan (QQS) ozod qilish borasida e’lon berildi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda ana shu sakkiz xildagi va boshqa mahsulotlardan QQS olinayotgani haqidagi shov-shuvlar davom etmoqda.

Bu borada korzinka.uz tarmog‘i asosichisi va rahbari Zafar Hoshimov izoh berdi, deb yozmoqda O‘zA.

– Bilasiz, savdo tarmog‘imizda 1-yanvar dam olish kuni edi, – deydi Z.Hoshimov.– Shu bois kecha narx o‘zgarmagan. Cheklarga keladigan bo‘lsak, ularni biz ham ko‘rdik. Narx ko‘rsatilgan cheklarni tekshirdik. Ularda haqiqatdan ham QQS ko‘rsatilgan va 2-dekabr sanasi qayd etilgan ekan. Odamlar shu cheklarga qarab, QQS 20 foiz bo‘ldi, mahsulotlar narxi oshdi, deb mish-mish qilmoqda. Lekin, chekda keltirilgan « в том числе » degan iboraga e’tibor bermayapti.

Bu o‘zgarishlar Moliya vazirligi tomonidan juda kech ya’ni bir kun oldin e’lon qilingani tufayli biz narxlarni o‘zgartirib, yangilikni amaliyotga joriy etib ulgurmadik. Bugun savdo tarmoqlarimiz ochildi. Bemalol aytaman, har bir chekda mahsulot narx yoziladi va uning qaysi kuni olingani haqida ma’lumot bo‘ladi. Non narxi ta'rif bo‘yicha o‘zgargani yo‘q. U belgilangan mahsulotlar ichida avvaldan bo‘lgani uchun unda QQS yo‘q edi.

Endi QQS 20 foizga oshdi deganlar e’tiboriga aytishim mumkinki, bu narx mahsulotni ustiga qo‘shimcha qo‘shilgani yo‘q. U avvalgi kabi narxni ichida. O‘ylashimcha, iste’molchilar doim mahsulot narx ichida soliq to‘lab kelgan. Oldin bu soliq 23 foiz atrofida bo‘lgan. Endi esa 20 deb ko‘rsatilmoqda.

Demak, holat yaxshilanib bormoqda. Agar shu zanjir uzilmasa, oldingidan yaxshi bo‘lsa bo‘ladi, lekin yomon bo‘lmaydi. 

Qayd etish joizki, narxni sotuvchi baholamaydi. Balki, bozor belgilaydi. 27 yildan buyon bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, ishlamoqdamiz. Tajribalarimizdan bilamiz-ki, talab va taklif asosida muvozanat belgilanadi. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech