17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,2 °C

Kеyingi avlod
9 Sentyabr  2019 575

Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta'lim vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasini fan va ta'lim bo‘yicha tarkibiy komisiyasining hamraisi M.Borovskaya joriy yil 9-sentyabr kuni O‘zbekistonga keldi.

Tashrif doirasida M.Borovskaya rahbarligidagi delegatsiya bugun, 9-sentyabr kuni «MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filialida bo‘ldi. Mehmonlar filialning o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyati, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. O‘quv laboratoriyalari, o‘quv xonalari delegatsiya a'zolarida yaxshi taassurot  qoldirdi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida o‘quv jarayoni samaradorligini yanda oshirish, o‘quv laboratoriyalari, axborot kutubxonalarini yanada boyitish xususida fikr almashildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalari kengayib borayotganligi alohida qayd etildi.

Kunning ikkinchi yarmida delegatsiya a'zolarining Toshkent viloyatida joylashgan Toshkent shahrida «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti» federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filialiga tashrifi rejalashtirilgan.

10-sentyabr kuni Oliy va o‘rta masxus ta'lim vaziri I.Madjidov va Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta'lim vaziri o‘rinbosari M.Borovskaya ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasini fan va ta'lim bo‘yicha tarkibiy komisiyasining birinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech