19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

IT-xabarlar
17 Sentyabr  2019 776

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqini ishga tushirildi

Joriy yilning 16-sentabr kuni raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumani doirasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (my.gov.uz) yangilangan talqini taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16-sentabr kuni raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumani doirasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (my.gov.uz) yangilangan talqini taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Portalning yangilangan talqinining eskisidan asosiy farqi, foydalanuvchilar barcha davlat xizmatlari bilan yagona identifikatsiya tizimida majburiy avtorizatsiyadan o‘tmasdan turib tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Endilikda qidiruv maydonida kalit so‘zlarni kiritish va “qidirish” tugmasini bosish kifoya.

 Shuningdek, portalning yangi talqini interfeysi moslashuvchan bo‘lib, har qanday mobil qurilmalar yordamida Yagona portal xizmatlaridan qulay ko‘rinishda foydalanish imkoniyati yaratildi. Buning uchun portalda faqat bir marta avtorizatsiyadan o‘tish kifoya. Portal o‘z foydalanuvchilariga 166 turdagi davlat xizmatlaridan foydalanish, tegishli ma’lumotlarni qidirish, tadbirkorlik masalalarini hal qilish va ko‘plab imkoniyatlarga yechim topishda keng imkoniyatlarni ochib beradi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, portaldagi o‘zgarishlar mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga yangi texnologiyalarni joriy qilish, aholining davlat xizmatlaridan foydalanish va biznesni rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi va Yagona integrator UZINFOCOM xodimlari hamkorlikda, AKT savodxonligini oshirish va portalning yangi imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida davlat idoralari mutaxassislari bilan birgalikda muntazam ravishda trening va uchrashuvlar o‘tkazib turiladi.

Shuningdek, portalning yangilangan talqini taklif va izohlarni qabul qilish yo‘li orqali uning funksional imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutadi.

18 yoshga to‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan har qanday shaxs Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish bo‘yicha o‘zlarining taklif va mulohazalarini quyidagi elektron pochta manzillariga jo‘natishlari mumkin: e-gov@napm.uz; info@uzinfocom.uz

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech