17 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Bilasizmi?
14 Avgust  2019 487

Endi yarim soatda quvvatlanadimi?

«Samsung» yaqinda quvvatlantirish 30 daqiqa davom etadigan telefonni taqdim etishi mumkin.

«Business Insider» ma'lumotiga ko‘ra, barcha zamonaviy smartfonlarga litiy-ionli batareyalar o‘rnatilgan. Quvvat zaxirasini to‘ldirish uchun ularga taxminan bir yarim soat vaqt kerak.

Axborot manbasida keltirilishicha, kompaniya endi grafen akkumulyatorlarga e'tibor qatarmoqda. Ilgari o‘tkazilgan tajribalarda batareyani quvvatlantirish tezligi besh barobarga oshgani kuzatilgan.

2010-yilda Manchester universiteti olimlari Andrey Geym va Konstantin Novoselovlarga fizika bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi. Ular nafaqat grafen olishga, balki uni aniqlashga ham muvaffaq bo‘lishgan.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech