15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Salomatlik
11 Iyul  2020 447

Zarur jihozlar bilan taʼminlandi

Sirdaryoga 664 ming dollarlik 80 dona sunʼiy nafas berish apparati keltirildi.

Sirdaryo viloyatiga sunʼiy nafas berish apparatlaridan yana 80 tasi keltirildi. Bu birinchi va ikkinchi bor viloyatga keltirilgan jihozlar emas. Bundan oldin ham Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga yordam berish va ularga namunali tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida bir qancha zamonaviy tibbiy jihozlar bergan edi.

Salomatlik-3 loyihasi asosida dastavval 10 ta IVL apparati keltirilgan. Qolaversa, Birlashgan Arab Amirliklari davlatidan Respublikamizga muruvvat yordami sifatida berilgan tibbiy asbob uskunalardan 3 ta UTT apparati, 3 ta nebulayzer, 1 ta EKG, 3 ta YUVL, 2 ta Infuzomat apparatlari olib kelingan va shifoxonalarga tarqatilgan.

Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Rustam Yuldoshevning soʻzlariga qaraganda, keyinchalik Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yana 12 ta IVL apparati ham berilgan, shu paytgacha ushbu apparatlar soni viloyatdagi tibbiyot tashkilotlarida 46 tani tashkil qilgan boʻlsa, bugungi kunda 58 tani tashkil qilayotgan edi.

Bugun yana 80 donasi viloyatga keltirildi. Undan tashqari yana nafas yetishmovchiligi kuzatiladigan bemorlarni nafas olishini yengillashtiradigan va kislorod bilan taʼminlash uchun moʻljallangan SIPAP, 6 ta Laringoskop, 2 ta infuzomat, 3 ta defibrillyator apparatlari, 300 ta intubatsion trubka, 300 ta angiokateter, 300 ta oshqozon zondi kabi tibbiy buyumlar ham olib kelindi. Barcha tibbiyot muassasalari tibbiyot xodimlari uchun moʻljallangan koronavirus yuqishidan oʻzini himoya qilish, tibbiy himoya vositalarini kiyish va yechish, xonalarni zararsizlantirish, bemorlarni parvarish qilish boʻyicha uquv qoʻllanmalari, adabiyotlar va tarqatma materiallari bilan taʼminlandi.

Bir soʻz bilan aytganda Sirdaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi va boshqa turdosh kasalliklarga aniq tashxis qoʻyish, davolash maqsadida aniq tizim yoʻlga qoʻyildi. Bugun keltirilgan yangi sunʼiy nafas berish apparatlari tizimidagi 22 ta tibbiyot muassasalariga yetkazib berildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech