01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Energetika
13 Mart  2020 332

«O‘zatom» agentligi hamkorlari doirasi kengaymoqda

Hindiston Yadroviy-energetik soha mutaxassilari va «O‘zatom» agentligi atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlashga kelishib oldilar.

Joriy yil 11-martida «O‘zatom» agentligida Hindistonning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi Santosh Ja bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistonning yoqilg‘i-energetika kompleksida (YoEK) hamkorlikning rivojlanishi, jumladan, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Hindiston tomonidan Yadroviy-energetik hamkorlikning global markazi (GCNEP, Hindiston) bilan «O‘zatom» agentligi o‘rtasida atom energetikasi sohasida kadrlarni tayyorlash borasida hamkorlik qilish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumining loyihasi rasman taqdim qilindi.

«GCNEP»  2010-yilda Hindiston Hukumatining Atom energiyasi bo‘yicha departamenti qoshida tashkil qilingan. Markaz qoshida 5 ta maktab mavjud bo‘lib, ular yadro energiyasi va yadroviy xavfsizlik  sohasidagi tadqiqotlarga, radiologik xavfsizlik, yadroviy material xarakteristikalarini o‘rganishga, radioizotoplar va  radiatsion texnologiyalarni qo‘llashga yo‘naltirilgan.

Ayni paytda Elchi  Hindistonda yadroviy tibbiyot va agrosanoat kompleksida yadroviy texnologiyalarni qo‘llash rivojlanib borayotgani, hind kompaniyalari energetika sohasiga oid loyihalarda, xususan qayta tiklanadigan energiya manbalari ob’ektlarini barpo etish va issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etayotgani haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga Hindiston tomoni O‘zbekiston uchun quyoshli panellarni joriy etish uchun grantlartaklif qildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech