23 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,8 °C

Dolzarb
9 Iyul  2019 1018

Oq uy va metroni suv bosdi, samolyotlar uchishi kechikdi va poezdlar bekor qilindi

AQSh poytaxti Vashingtonda, shuningdek, Merilend va Virjiniya shtatlari hamda ularga qo‘shni hududlarda yomg‘ir yog‘ishi oqibatida suv toshqini yuzaga keldi, deya xabar beradi NBC News.

Minglab odamlar elektrsiz qolgan. Yomg‘ir natijasida oq uyni qisman suv bosdi, deya xabar beradi The Washington Post. Ijtimoiy tarmoqlarda prezident ma'muriyatining podvalida suv borligi ko‘ringan fotosuratlar e'lon qilingan. Suv toshqini tufayli AQSh milliy arxivi binosi yopildi.

Davomli yomg‘ir natijasida o‘nlab ko‘chalarni suv bosgan va ular yopilgan. Mahalliy hokimiyat organlari haydovchilarga safarlardan voz kechishni tavsiya qilmoqda.

Vashington yaqinidagi Arlingtonda joylashgan “Virginia Square” metro stansiyasi suv ostida qoldi.

Kuchli yomg‘irlar Vashingtondagi Ronald Reagan aeroportining ishiga ta'sir ko‘rsatdi, bu yerda reyslar bir soatdan ko‘proq vaqtga kechiktirildi. Virjiniyada suv toshqini tufayli poezdlar qatnovi bekor qilindi.

Bir soat ichida yog‘gan yomg‘ir 1958-yilgi 2,2 dyuymdagi rekorddan oshib ketdi, deya xabar beradi milliy ob-havo xizmati.

Foto NBC News.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech