04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,2 °C

Sport
10 Mart  2020 1079

O‘zbek kurashiga nemis yoshlarining ishtiyoqi baland

Germaniyaning Xaydenxaym, Gingen va Shtutgart shaharlarida o‘zbek milliy kurash sporti bo‘yicha to‘garaklar tashkil etildi.

To‘garaklarda 80 nafardan ziyod nemis yigit-qizlari o‘zbek kurashi sirlarini o‘rganmoqda. Ularga Vladimir Lyubko, Eduard va Yuri Marker, Yuriy Loy, Vladimir Berg Senior kabi germaniyalik kurashchilar murabbiylik qilmoqda.

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Germaniya kurash federatsiyasi Germaniyadagi kurash to‘garaklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Germaniya kurash federatsiyasi vakillari Xaydenxaym shahridagi «Heidenheim 1846 e.V.» sport klubida o‘zbek kurashi bo‘yicha murabbiy va sportchilar bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida «Heidenheim 1846 e.V.» sport klubi bazasida Germaniyaning Bad-Kissingen va Vyursburg shaharlarida ham shu kabi to‘garaklarni ochish masalasi muhokama qilindi. To‘garak a’zolari o‘zbek milliy kurashining inson tanasiga shikast yetkazmaslik va texnik jihatdan tezkorlik tamoyilligiga asoslanganini, uning shaxsning ildamlik va barqarorlik qobiliyatini mustahkamlashga yordam berishini e’tirof etdilar.

Uchrashuvda joriy yilning iyun oyida Umumgermaniya ikkinchi kurash turnirini yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Unda O‘zbekiston, Gretsiya, Ukraina, Rossiya va yevropaning boshqa davlatlaridan sportchilarni taklif etishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, Xaydenxaym shahridagi ushbu to‘garak O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan 2018-yilda tashkil etilgan. «Heidenheim 1846 e.V.» sport klubi bazasidagi o‘zbek kurashi to‘garagida Eduard Marker murabbiylik qilib kelmoqda, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech