05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Sanoat
16 Mart  2020 353

O‘zbekiston MDH davlatlari Sanoat xavfsizligi kengashi a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining Sanoat xavfsizligi kengashiga  a’zo sifatida qo‘shildi, deb xabar bermoqda, «Dunyo»AA muxbiri qo‘mita manbasiga tayanib.

MDH Ijroiya qo‘mitasi rasmiy saytida O‘zbekiston Respublikasining MDH Davlat rahbarlari kengashining 2001-yil 28-sentyabrdagi «MDHga a’zo davlatlar Sanoat xavfsizligi  bo‘yicha vakolatli organ rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi to‘g‘risida»gi Moskva kelishuvi hamda «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida Sanoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik Bayoniga qo‘shimchalar kiritilishi bo‘yicha» Sankt-Peterburg kelishuviga qo‘shilgani haqida ma’lumot berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan mazkur xalqaro hujjatlarga qo‘shilib, Kengashga to‘liq a’zo  bo‘ldi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlarining sanoat xavfsizligi kengashi tarmoqlararo hamkorlik organi bo‘lib, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya hamda baxtsiz hodisalarni oldini olish harakatlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Unga O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Moldova, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukrainning maxsus vakolatli organlari rahbarlari kiradi.

Mustaqil Davlatlar Hamdustligi davlatlarining sanoat xavfsizligi kengashi tadbirlarida ishtirok etish bu mamlakatlarga sanoat xavfsizligi  organlar rahbarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, normativ-huquqiy, normativ-texnik hujatlarni muvofiqlashtirish, axborot almashinishi va mazkur sohadagi ijobiy tajriba almashish, xalqaro hamkorlik uchun tarmoqlararo shartnomaviy-huquqiy bazani rivojlantirish, birgalikda tezkor va taktik chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda mazkur davlatlar yosh kadrlari malakasini oshirish  imkonini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech