27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,4 °C

Hukumat
12 Iyun  2019 766
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti ShHT va OHIChK sammitlarida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil 13-14-iyun kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda 15-iyun kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning navbatdagi sammitlarida ishtirok etadi.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi majlisining kun tartibidan ustuvor yo‘nalishlarda, jumladan, siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, shuningdek, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, hududlararo aloqalarni, raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammiti “Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona nazar bilan” mavzusi ostida o‘tadi. Uning ishida kengashga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bishkek va Dushanbe shaharlarida bo‘lib o‘tadigan sammitlardagi ishtiroki doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech