10 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,2 °C

Xalqaro hamkorlik
18 Dekabr  2019 1883

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-dekabr kunining ikkinchi yarmida Tokio shahridagi Akasaka qarorgohida Yaponiya Bosh vaziri oʻrinbosari, moliya vaziri Taro Asoni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama mustahkamlanib borayotgani, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi tashrif arafasida ikki mamlakatning koʻp sonli kompaniya va banklari ishtirokida oʻtgan misli koʻrilmagan darajadagi biznes forumning yuqori natijalari yuksak baholandi.

Uchrashuvda investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish hamda qishloq xoʻjaligi, energetika va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif davomida soliq sohasi va bojxona ishi boʻyicha imzolanayotgan ikki tomonlama bitimlar ahamiyati qayd etilib, bu uzoq muddatli ishbilarmonlik aloqalarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishi taʼkidlandi.

Iqtisodiyot tarmoqlari va moliya tizimini isloh etishning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech